Xirurgiya markazida Memorial Health Group (Turkiya) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

news_in

12.06.2026

Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Turkiyaning "Memorial Health Group" tibbiy guruhi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tashrif davomida mehmonlar markaz faoliyati, yuqori texnologiyali xirurgiya, transplantologiya sohasidagi imkoniyatlari hamda tibbiyot kadrlarini tayyorlash tizimi bilan tanishdilar.

Uchrashuv davomida organ transplantatsiyasi, robotik xirurgiya, onkologiya, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, ta’lim dasturlari, xalqaro konsiliumlar, master-klasslar va mutaxassislar stajirovkalarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

"Memorial Health Group" Turkiyaning eng yirik xususiy tibbiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, 13 ta shifoxona va tibbiy markazni birlashtiradi hamda dunyoning 160 dan ortiq davlatlaridan kelgan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Guruhi tarkibida JCI xalqaro akkreditatsiyasiga ega va transplantologiya, onkologiya, kardioxirurgiya hamda robotik xirurgiya sohalarida yetakchi hisoblangan klinikalar faoliyat yuritadi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdilar.