Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan mutaxassis Joohee Yoon ishtirokida bachadon endometriozi tashxisi bilan murojaat qilgan bemorda robot-assistlangan gisterektomiya amaliyoti bajarildi.
Robotik texnologiyalar murakkab operatsiyalarni yuqori aniqlik va maksimal nazorat bilan amalga oshirish imkonini berib, zamonaviy jarrohlikning yangi bosqichini namoyon etmoqda.
Xirurgiya markazimizda ilg‘or texnologiyalar va xalqaro tajribaga ega mutaxassislar hamkorligida bemorlarga yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish izchil davom etmoqda.