MRT uchun 25% chegirma 18:00 dan keyin. Bizning xirurgiya markazi xalqimiz uchun shanba kuni qo‘shimcha faoliyat yuritadi.

Mindray prezidenti Xirurgiya markaziga tashrif buyurdi

news_in

14.09.2026

Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga Mindray kompaniyasi delegatsiyasi kompaniya prezidenti janob U Xao (Wu Hao) boshchiligida tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida kompaniyaning strategik va operatsion yo‘nalishlari rahbarlari hamda Mindray’ning Markaziy Osiyodagi vakillari ishtirok etdi.

Mindray — tibbiy uskunalar va sog‘liqni saqlash sohasi uchun texnologik yechimlar ishlab chiqaruvchi dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri.

Tashrif doirasida Markaz direktori, professor S.I. Ismailov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mehmonlarga Markaz faoliyati taqdim etildi, so‘ng delegatsiya qabul-diagnostika bo‘limi, reanimatsiya va operatsiya xonalari bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuvda Mindray bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni joriy etish, Markazning texnik imkoniyatlarini yanada rivojlantirish hamda yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday yuqori darajadagi tashrif tomonlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish va kelgusidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab olish uchun muhim imkoniyat bo‘ldi.