9-may — Xotira va qadrlash kuni arafasida, 2025-yil 7–8 may kunlari, akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida beg‘araz tibbiy aksiya o‘tkazilmoqda.
Ushbu tashabbus fuqarolik jamiyati vakillarining mehnati va xizmatlariga hurmat bildirishga bag‘ishlangan. Aksiya doirasida Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 55 ta mahalla qo‘mitasi raislari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bepul kompleks tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda:
– umumiy klinik va biokimyoviy qon tahlillari,
– elektrokardiografiya (EKG),
– exokardiografiya (EXO KG),
– barcha turdagi ultratovush tekshiruvlari (UZI),
– rentgenoskopiya
– markazning yetakchi mutaxassislari tomonidan kengaytirilgan tibbiy maslahatlar.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, zarurat tug‘ilganda, bemorlarga jarrohlik amaliyotlarini o‘z ichiga olgan keyingi davolash choralari Markaz qoshida tashkil etiladi.
🎗 Aksiyaning maqsadi — aholining muammolarini hal etishda kundalik faoliyat yuritayotgan insonlarga minnatdorchilik bildirish va ularga sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkonini yaratishdir.
📍 Aksiya insonparvarlik, xalqqa xizmat qilgan avlodlarga hurmat va bugungi kunda jamiyatga xizmat qilayotganlarga g‘amxo‘rlik ruhida o‘tkazilmoqda.