Saudiya Arabistonining King Salman gumanitar yordam va ko‘mak markazi bilan aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan muzokaralar natijasida O‘zbekistonda navbatdagi loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 2024-yil 21-dekabrda Arab Davlatlari Ligasi vakillari Jarrohlik markaziga tashrif buyurdi. Tashrif davomida markaz direktori, professor S.I. Ismoilov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Arab Davlatlari Ligasi bizning Jarrohlik markazimizda pro bono yordam ko‘rsatishni rejalashtirmoqda, unda Saudiya Arabistonining yetakchi kardiojarrohlarlari bolalarda tug‘ma yurak nuqsonlarini jarrohlik yo‘li bilan davolashadi. Tashrif davomida Saudiya mutaxassislari Jarrohlik markazining faoliyati, moddiy-texnik bazasi va shifokorlar imkoniyatlarini yaqindan o‘rgandilar va loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi aynan ushbu shifoxonada bo‘lishini ta’kidladilar. Loyiha 2025-yil fevralga rejalashtirilgan.
Shuni ta’kidlash lozimki, 2024-yil oktyabr oyida King Salman gumanitar yordam va ko‘mak markazi Jarrohlik markazida pro bono yordam loyihasini amalga oshirgan bo‘lib, unga O‘zbekistonning kattalar fuqarolariga ochiq va endovaskulyar usullar yordamida 88 ta jarrohlik amaliyoti kiritilgan edi.