Gemodializ bo‘limi o‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga zamonaviy buyrak o‘rnini bosuvchi yuqori texnologik terapiya xizmatlarini ko‘rsatadi.
Ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati:
Dasturiy gemodializ muolajalarini o‘tkazish
Gemodiafiltratsiya (yuqori darajadagi qon tozalash)
O‘tkir buyrak yetishmovchiligida shoshilinch gemodializ
Gemodializ uchun tomir yo‘lini tayyorlash va nazorat qilish
Dializdagi bemorlar salomatligini dinamik laborator monitoring qilish
Gemodializ bo‘limi zamonaviy "sun'iy buyrak" apparatlari va ko‘p bosqichli suv tozalash tizimi bilan jihozlangan. Bo‘limda yuqori malakali shifokorlar va tibbiy xodimlar nazorati ostida buyrak faoliyati buzilgan bemorlarga xalqaro standartlarga mos ravishda xavfsiz va samarali ixtisoslashtirilgan gemodializ muolajalari ko‘rsatiladi.