MRT uchun 25% chegirma 18:00 dan keyin. Bizning xirurgiya markazi xalqimiz uchun shanba kuni qo‘shimcha faoliyat yuritadi.

Rentgenangiokardiografiya laboratoriyasi

Rentgenangiokardiografiya laboratoriyasi yurak va qon tomir tizimi kasalliklarini yuqori aniqlikda tashxislash hamda kam invaziv endovaskulyar davolashga ixtisoslashgan.

  • Ko‘rsatiladigan xizmatlar:

    • Koronarangiografiya (yurak qon tomirlarini tekshirish)

    • Yurak qon tomirlarini stentlash va ballonli angioplastika

    • Periferik va magistral qon tomirlar angiografiyasi

    • Aorta va bosh miya tomirlarini kontrastli tekshirish

    • Qon tomir anevrizmalari va nuqsonlarini endovaskulyar davolash

To'liq tavsif

  • Bo‘lim haqida

    Rentgenangiokardiografiya laboratoriyasi zamonaviy angiografik uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, yurak-qon tomir tizimini yuqori aniqlikda tekshirish va minimal invaziv amaliyotlarni bajarishga mo‘ljallangan. Bo‘limda tajribali mutaxassislar tomonidan qon tomirlarining o‘tkazuvchanligi, nuqsonlari hamda yurak faoliyatiga oid patologiyalar operatsiyasiz, tomir ichi usullari orqali aniqlanadi va samarali davolanadi.