O‘z jigarining bir qismini yaqinlariga bag‘ishlagan insonlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik
Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan 2026-yil 5–7-noyabr kunlari Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida jigar donorlari uchun xayriya aksiyasi tashkil etiladi.
Jigar donorligi — yaqin insoniga yangi hayot imkoniyatini taqdim etishdek olijanob qadamdir. Biz uchun nafaqat jigar transplantatsiyasi o‘tkazilgan bemorlar, balki donorlarning ham salomatligi muhim.
Aksiya doirasida jigar donorlari bepul tibbiy tekshiruvlardan o‘tishlari mumkin:
• Umumiy qon tahlili
• Qonning biokimyoviy tahlili
• Umumiy siydik tahlili
• Qorin bo‘shlig‘i a’zolarining ultratovush tekshiruvi (UTT)
• Mutaxassislar ko‘rigi va maslahatlari
• Keyingi tibbiy kuzatuv bo‘yicha tavsiyalar
Ushbu tashabbus orqali donorlarimizga minnatdorchilik bildirish va ularning salomatligi operatsiyadan keyin ham doimiy e’tiborimizda ekanini ta’kidlashni istaymiz.
2026-yil 5–7-noyabr
Akademik V. Vohidov nomidagi Xirurgiya markazi, Toshkent shahri
Oldindan yozilish: +998 55 588 80 01
Sizlarni Markazimizda mamnuniyat bilan kutib qolamiz!